Dadajon текст песни

Kelib ketdi eh qancha bahor
Oxir charchab xoriding Ona
Javobi yo‘q savollarim bor
Bunchayam tez qariding Ona

Goho chuqur o‘ylarga toldim
Zulmat ichra ketdim yo‘qoldim
Bilmayman hech bilolmay qoldim
Bunchayam tez qariding Ona


Mening bahtim sizsiz onajon
Toju taxtim sizsiz onajon
Yasholmasman sizsiz onajon
Onajonim


Davrim kelsa davronim surib
Holingni bir qo‘ymadim so‘rib
Yuzingdagi ajinni ko‘rib
Bunchayam tez qariding Ona

Kechir Ona mendek o‘g‘lingni
Og‘ritdim goh netay ko‘nglingni
Ulug‘bek der tinglab so‘zingni
Bunchayam tez qariding Ona

Комментарии

Минимальная длина комментария - 50 знаков. комментарии модерируются
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Комментариев еще нет. Вы можете стать первым!